Parijliklar yana "ortiqcha pul sarflaydilar"?
"PSJ"ning yangi sport direktori Luis Kampos yozgi xaridlar rejalari haqida qaror qabul qildi. Bu haqda fransuz matbuoti yozmoqda.
Kampos parijliklar tarkibini bir vaqtning o'zida bir nechta o'yinchilar bilan yakunlamoqchi. Manbaga ko'ra, "PSJ" Anxel Di Mariya o'rnini bosa oladigan ikkita yarim himoyachi, bir himoyachi (taxminan markaziy himoyachi) va bir qanot himoyachisi qidirmoqda.
Qo'shimcha qilish kerakki, kelasi mavsumda «PSJ»ni kim boshqarishi hali to'liq aniq emas. "Qizil-ko'klar" Zinedin Zidanni qo'lga kiritmoqchi, ammo ular argentinalik boshqaruvchi Maurisio Pochettinoni iste'foga chiqarishga shoshilmayapti.