KriRo o'zini juda mustahkam kompaniyada topdi.
Angliya professional futbol assotsiatsiyasi (PFA) Premer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi. Bu haqda PFA matbuot xizmati xabar berdi.
Sovrin uchun Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Garri Keyn («Tottenhem») va Sadio Mane kurash olib boradi. («Liverpul»).
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki mavsumda sovrinni “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin De Bryuyne qo‘lga kiritgan.