Gollandiyalik futbolchi "Kamp Nou"ni tark etadimi?
"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yong uchun narx belgiladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
"Barsa" De Yongni sotishga tayyor, garchi futbolchining o'zi "Kamp Nou"da qolishni istasa ham. Manbaga ko'ra, "blaugranas" gollandiyalik futbolchi uchun 85 million yevro miqdorida tovon puli so'ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, De Yongga asosiy da’vogar “Manchester Yunayted” hisoblanadi. Klublar allaqachon Frenkining "Old Trafford"ga o'tishi borasida muzokaralar olib borishmoqda.