Birmingemdan jamoa uchun jiddiy transfer.
"Sevilya" markaziy himoyachisi Diego Karlos "Aston Villa"ga o'tdi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Diego Karlos 4 yillik shartnoma imzoladi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Vilya "Sevilya" himoyachisining transferi uchun 31 million evro sarflagan.
So'nggi mavsumda Diego Karlos La Ligada 34 ta o'yin o'tkazdi. Uning uchta goli bor.