Goal24.uz » O'zbekiston » Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

Автор: admin


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi  402-son  “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori mazmun mohiyati yuzasidan targibot olib bordi.



Qarorga asosan,  

 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi (https://lex.uz/ru/docs/4866624). 

🔰Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: 

▫️ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar; 

▫️ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; 

▫️ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; 

▫️ nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; 

▫️ 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; 

▫️ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. 

➡️ Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

Qo'r'g'ontepa tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti SH.A.Nematov.
198   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari