Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rasman: "Real Madrid" Ryudiger bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Rasman: "Real Madrid" Ryudiger bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Автор: admin


Germaniyalik markaziy himoyachi faoliyatini “Santyago Bernabeu”da davom ettiradi.

Madridning “Real” klubi o‘zining rasmiy saytida avval Londonning “Chelsi” jamoasida o‘ynagan markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

29 yoshli nemisning "ko'klar" bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi, shu bois futbolchi erkin agent sifatida yangi klubga o'tadi.

Ryudiger "Real" bilan to'rt mavsumlik shartnoma imzolaydi va yangi kelgan "qaymoqranglilar"ning rasmiy taqdimoti 20 iyun kuni bo'lib o'tadi.

2020/21 yilgi mavsumda Antonio Ryudiger "Chelsi" safida barcha turnirlarda 54 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey