“Qizil iblislar” balastdan qutulishda davom etmoqda.
Yarim himoyachi Xuan Mata "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni yakunladi. Bu haqda “qizil iblislar” matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar shartnomani uzaytirishmadi. Tajribali yarim himoyachi erkin agentga aylanadi.
2021/2022 yilgi mavsumda Xuan Mata Premer-ligada 7 ta to'liqsiz o'yin o'tkazib, gol urmagan.
Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, yarim himoyachi Pol Pogba va qanot himoyachisi Jessi Lingard bir kun avval "Manchester Yunayted" safini tark etgandi.