Bu Gavi yoki Araujo emas.
Pedri o'tgan mavsum yakuniga ko'ra kataloniyalik "Barselona"ning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi. Bu haqda ko'k granataning matbuot xizmati xabar berdi. Pedrini muxlislar tanlagan.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 19 yoshli Pedri umumiy ovozlarning 30,67 foizini qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o'rinni himoyachi Ronald Arauxo (27,11 foiz), uchinchi o'rinni darvozabon Mark-Andre ter Shtegen (7,29 foiz) egalladi.
Pedri o'tgan futbol mavsumida "Barsa" tarkibida to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.