"Arsenal" forvardi yaqin vaqt ichida "to'qishchilar" bilan shartnoma imzolaydi.
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett yozda erkin agent sifatida o'z klubini tark etadi.
Fransiyalik futbolchi Lionga qaytishga yaqin, - deydi Fabritsio Romano Lequipe nashriga tayanib.
Shartnoma kelasi yakshanba kuni imzolanishi kutilmoqda. Qaytish haqidagi ma'lumotni "Lion Ola" prezidenti qisman tasdiqlab, klub Lyakazettning qaytishi uchun hamma narsani qilishini aytdi.
Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi “Arsenal” safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oldinroq forvard Premer-ligada mavsumning eng yaxshi goli muallifi nomiga davogarlar qatorida edi.