"Nyukasl" kelasi mavsum uchun mustahkamlovchilarni qidirishda transfer bozorida ishlashda davom etmoqda.
Angliya chempionati vakili bor etiborini “Atletiko Madrid” va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yannik Karraskoga qaratdi, deya xabar beradi Ekrem Konur.
Biroq “matraschilar” o‘z futbolchisi bilan bekorga xayrlashishni istamayapti, shuningdek, “Nyukasl” yangi investorlar kelganidan keyin boyib ketganidan unumli foydalanmoqchi. Klub o'z futbolchisi uchun kamida 50 million yevro olmoqchi.
O'tgan mavsumda Karrasko "Atletiko" safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oldinroq "Nyukasl" to'purar Reymsning transferi bo'yicha kelishib olgani haqida xabar berilgandi.