Klub futbolchiga fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, yaqin orada Pol Pogbaning hisobiga 4,5 million yevro tushadi. Bu sodiqlik bonusi.
Ta'kidlanishicha, Pogbaning umumiy qiymati 255 million yevroni tashkil qilgan. Futbolchi klubda besh yil ishladi.
Pogba hali rasman yangi jamoasi nomini aytmadi. Yarim himoyachi “Yuventus”ga qaytishi kutilmoqda.