Ispaniyalik futbolchi klublardan biriga tekinga tushadi, chunki u erkin agent maqomiga ega.
"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Isko faoliyatini davom ettirish uchun yangi variantlarni ko'rib chiqa boshladi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga allaqachon Italiya A seriyasi klublari - "Roma" va "Milan"dan ikkita taklif bor.
Shuningdek, futbolchining o'zi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirish variantini topmoqchi va chempionatni o'zgartirish niyatida emasligi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Isko "Valensiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi - 2011 yilda u "Malaga"ga o'tgan, oradan ikki mavsum o'tib "Real"ga o'tgandi. U "qaymoqranglilar" safida 353 ta o'yin o'tkazib, 53 ta gol urgan va 56 ta golga assistentlik qilgan.