Parijliklar kichik qayta qurishni boshladilar.
Fransiyaning «PSJ» klubi bir qator futbolchilaridan qutulish niyatida. Gap Leven Kurzava, Mauro Ikardi, Ander Errera, Idriss Guye, Jorjinio Veynaldum va Leandro Paredes haqida ketmoqda.
Luis Kampos "PSJ"da fransuz futbolchilari ko'proq bo'lishini istamoqda. Parijliklar tarkibini kuchaytirish uchun u allaqachon besh nafar futbolchiga qaragan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq PSJ sport direktorini o'zgartirdi. Klub rahbariyati Kamposga katta umid bog'laydi va u parijliklarga nihoyat Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradi, deb umid qilmoqda.