Neapolliklar tarkibni kuchaytirmoqda.
Qanot himoyachisi Jerar Deulofeu Italiyaning “Napoli” klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda.
Neapolda Deulofeu ikki million yevro va turli bonuslar oladi. Jerar avvalroq “Udineze”da o‘ynagan.
Eslatib o'tamiz, Deulofeu kataloniyalik "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Milan"da ham o'z izini qoldirdi.
Jerar uchun "Napoli" "Udineze"ga taxminan 15 million evro to'laydi.