Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Luka Toni «Yuventus» Ronalduga sherik sifatida kimni sotib olishi kerakligini aytdi

Luka Toni «Yuventus» Ronalduga sherik sifatida kimni sotib olishi kerakligini aytdi

Автор: admin

Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Luka Toni «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu uchun ideal sherik kim bo‘lishi mumkinligini aytdi.
«Gabriel Jezus tezkor va texnik jihatdan kuchli futbolchi. U yaqqol hujumchi emas, ammo braziliyalik o‘yinchi Ronaldu uchun munosib sherik bo‘la oladi.
Krishtianuning o‘zi ham yaqqol hujumchi emas, lekin juda ko‘p gollar uradi. Ko‘pchilik 30 yoshgacha bo‘lgan hujumchilar orasida Harri Keynni Ronalduga munosib tandem deb bilishadi. Ammo Jezus ham bu vazifani bajarishda ancha yaxshi ekanligini ko‘rdim. Shuningdek, u ko‘p gollar ura oladi va jamoadoshlari uchun bo‘sh hudud yaratib beradi. Va u atigi 22 yoshda», – deb Tonining so‘zlarini keltiradi Tuttosport.
Avvalroq Turin klubi Jezusni yozda safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida aytilgandi. U bu mavsumda APLda 24ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.


84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *