Mankunianliklar nufuzli fransuz tomonidan kuchaytiriladimi?
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabyo "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Insayder Nikolo Shiraning so‘zlariga ko‘ra, mankunianliklar fransiyalik futbolchini sotib olishga yaqin turibdi.
Gap Adrienning transferi uchun 15 million yevro haqida ketmoqda. "Yuve" Massimiliano Allegrining keyingi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor.
Rabyoning “Yuventus” bilan shartnomasi 2023-yilda yakuniga etadi. Agar turinliklar Adriendan pul ishlashni istasalar, uni shu yozdayoq qo'yib yuborishlari kerak.