"Kanonirlar" saxiy.
«Arsenal» braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus «Manchester Siti»ni tark etsa, unga haftasiga 190 ming funt maosh taklif qilmoqchi. Oldinroq hujumchi yozda klubni tark etishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Jezusning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transferi 50 million yevroga baholanmoqda.
Jezus o'tgan mavsumda klub safida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi 13 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.