Belgiyalik yozda chempionatni o'zgartirishi mumkin.
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Yannik Karrasko APLning bir qator klublari tomonidan nishonga olingan. Demak, hujumchini taklif qilishga xususan, “Tottenxem”, “Nyukasl” va “Aston Villa” klublari qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Atletiko" libosida 44 ta o'yinda maydonga tushdi. Karrasko oltita gol urdi va yettita golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Yannik Karraskoning matraschilar bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transferi 40 million yevroga baholanmoqda.