"Bolg'achilar" "Tottenxem"ning sobiq pleymeykerini qidirmoqda.
"Vest Xem" yarim himoyachi Kristian Eriksenga qiziqish bildirmoqda. Bunday ma'lumotni Klaret va Xyu baham ko'radi.
Manbaga ko'ra, ushbu transferga shaxsan "Vest Hem" bosh murabbiyi Devid Moyes qiziqmoqda. Shotlandiyalik Eriksen jamoasini jiddiy ravishda kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, Eriksen 2021/2022 yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Brentford"da o'tkazdi. Hozirda daniyalik futbolchiga "Vest Xem"dan tashqari "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.