Klublar savdo qilishlari mumkin.
"Milan" "Roma"ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Zaniolo uchun yangi taklif tayyorladi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Milan" Zaniolo uchun 25 million yevro to'lashga tayyor. “Rossonerlar” hujumchi Ante Rebichni ham Joze Mourino jamoasiga yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Zaniolo hali "Roma" bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani yo'q. Nikolo shu yozda Giallorossi safini tark etishi mumkin.