Ular futbolchini Premer-ligada ko'rishni xohlashadi.
Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Benfika" hujumchisi Darvin Nunesni "Liverpul" Sadio Manening o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda. Senegalliklar "Bavariya"ga o'tishlari mumkin.
Avvalroq, Darvin Nunesni sotib olish imkoniyatini "Manchester Yunayted" hamda "Nyukasl" ko'rib chiqayotgani xabar qilingandi. Hujumchi keyingi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
22 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. Nunes 34 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.