Madrid klubi hujumni kuchaytirish rejalaridan voz kechgani yo'q.
"Real Madrid" yozda bitta yuqori maosh oluvchi hujumchi bilan shartnoma imzolaydi. Nufuzli manbaning xabar berishicha, ayni damda klubda futbolchi tanlash borasida qizg'in bahslar ketmoqda. To'rtta variant mavjud.
"Real Madrid" Gabriel Jezus yoki Romelu Lukakuni sotib olishga tayyor. Belgiyalik bilan muzokara olib borish qiyinroq bo'ladi, chunki "Chelsi" futbolchini xarajatlarni qoplash umidisiz ijaraga berishni istamaydi.
Raxim Sterling va Rafael Leau bilan ham aloqalar mavjud. Yosh portugaliyalik bilan shartnoma imzolash eng osoni bo'ladi, chunki Madridda Leau kamida ikki barobar ko'p maosh olishi mumkin. "Milan" katta tovon pulidan bosh torta olmaydi.