Italiyaliklar ispaniyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Madridning “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Isko faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.Bu haqda jurnalist Nikkolo Skyra o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "bo'rilar" rahbariyati 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Yaqin kunlarda “Roma” vakillari futbolchining agenti bilan muzokaralar olib borishadi va kelishilgan kelishuvni muhokama qilishadi.
Eslatib o'tamiz, Isko endilikda erkin agent hisoblanadi, chunki uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi yakuniga etgan.