Kolumbiyalik futbolchi faoliyatini rimliklar safida davom ettirishi mumkin.
Xuan Kuadrado "Roma"ga qiziqmoqda, deb xabar beradi Calciomercato.
Manbaga ko'ra, "Yuventus" shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan 34 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.
Kuadrado mavsumda besh million yevro ishlab olmoqchi va “Yuventus”da u avtomatik ravishda shartnomani 3 million maosh bilan uzaytirdi.
"Yuventus" Kuadradoni xorijga sotmoqchi, ammo "Roma"dan o'yinchiga almashishga rozi bo'lishi mumkin.
Qayd etish kerakki, Kuadradoga Premer-liga va Qatar klublari ham qiziqish bildirmoqda.