Ispaniyalik uyiga ketadi.
"Chelsi" "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Saul "Chelsi"da bir mavsum ijara asosida o'ynadi. Ispaniyalik futbolchi Tomas Tuxel jamoasida o'z o'rnini topa olmadi va endi "Atletiko"ga qaytmoqda.
Qo'shimcha qilamizki, Saulning «matraschilar» bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Mish-mishlarga ko'ra, Saul "Atletiko Madrid"dagi o'rin uchun kurashishga tayyor.