Konferensiya ligasi g'oliblari transfer bozorida ishlaydi.
“Lill” himoyachisi Zeki Chelik faoliyatini “Roma”da davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Chelikni tanlashga "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino ta'sir ko'rsatgan. Portugaliyalik Chelikga qo'ng'iroq qildi va shaxsan uni Giallorossi safiga o'tishga ishontirdi.
Endi «Roma» Chelik uchun tovon puli miqdorini «Lill» rahbariyati bilan kelishib olishi kerak. Klublar allaqachon muzokaralar olib bormoqda.