Neradzurrilar transfer bozorida.
"Empoli" yarim himoyachisi Kristjan Aslani faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Aslani "Inter" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Hozir “neradzurri” rahbarlari “Empoli” rahbariyati bilan albaniyalikning tovon puli masalasini muhokama qilishmoqda.
2021/2022 yilgi mavsumda Aslani Italiya A Seriyasida 23 ta o'yinda maydonga tushdi. U o'zining shaxsiy hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi.