“Qizillar” ikki futbolchi bilan xayrlashdi.
Divok Origi va Loris Karius “Liverpul”ni tark etishdi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkala futbolchi ham erkin agentga aylanishdi. Origi Italiyaning "Milan" klubiga o'tadi.
Divok 2014 yildan beri "Liverpul"da o'ynab kelmoqda. Karius 2016 yilda "qizillar" tarkibiga kirdi. Loris "Liverpul"dagi so'nggi o'yinini 2018 yilda o'tkazgan, o'shanda "Liverpul" Chempionlar ligasi finalida "Real"ga yutqazgandi.