«Bolonya» hujumchisi Turin grandiga qiziqish bildirgan.
Turinning “Yuventus” klubi Dushan Vlahovichga o‘rinbosar qidirmoqda va bor e’tiborini “Bolonya” hujumchisi Marko Arnautovichga qaratdi.
“Byankoneri” hujumchilar jamoasi yetakchisi bilan shartnoma imzolash imkoniyati borasida “Rossobl”ga birinchi so‘rovni allaqachon yuborgan, deb xabar beradi Tuttosport.
“Yuventus” shuningdek, Gabriel Jezus, Jakomo Raspadori va Timo Vernerni ro‘yxatga kiritdi.
O‘tgan mavsumda Arnautovich A Seriyaning 33 ta o‘yinida maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt portali 33 yoshli hujumchini 6 million yevroga baholamoqda.