Mersisaydliklar futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Sadio Mane joriy transfer oynasida klub ro'yxatini o'zgartirish imkoniyatini muhokama qilmoqchi.
The Telegraph xabariga ko'ra, "Liverpul" senegallik vingerning narxi borasida bir qarorga kelgan - "qizillar" futbolchi uchun 40 million funt olmoqchi.
Sadio Mane o'tgan mavsumda 51 o'yin o'tkazib, 23 gol urgan va 5 golga assistentlik qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" "Liverpul"ga Manet uchun jami 35 million yevrolik yangi taklif bilan chiqdi.