Angliyalik yarim himoyachi o'sishda davom etishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko'ra, Bukayo Saka "Manchester Siti" va "Liverpul"ning e'tiborini tortdi.
Manbaga ko'ra, joriy yilning yozida "shaharliklar" va "qizillar" 20 yoshli futbolchi uchun kurashga qo'shilishga tayyor.
Chempionlar ligasiga chiqa olmasligi Sakaning "Arsenal"da qolish qaroriga ta'sir qilishi mumkin.
Biroq Sakaning yozda ketishi dargumon bo'lishiga qaramay, «Manchester Siti» transfer imkoniyatlarini tobora ko'proq o'rgana boshladi.
Eslatib o'tamiz, Sakaning "Arsenal" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amalda bo'lib, u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.