“Ko‘k-anorranglilar” belgiyalik futbolchini “Manchester Siti” hujumchisi yordamida almashtirmoqchi.
Romelu Lukaku yozda “Chelsi”ni tark etmoqchi, deya xabar beradi Goal.com.
29 yoshli futbolchi “Inter”ga qaytishni istamoqda, ammo klub hozir uni sotib olishga tayyor emas, shuning uchun ijaraga olish imkoniyati bor.
Qayd etilishicha, «Chelsi» agar «Manchester Siti»dan Gabriel Jezusni sotib olsa, Lukakuni 25 million yevroga ijaraga berishga qarshi emas.
25 yoshli braziliyalik futbolchi 50 million yevroga baholangan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Chelsi" Lukakuni 115 million yevroga sotib olib, klub rekordini o'rnatgan edi.