Kataloniyaliklar uni mustahkamlovchi sifatida ko'rishadi.
"Barselona" "Milan" hujumchisi Rafael Leauni sotib olishni ko'rib chiqmoqda. Futbolchi ushbu transfer oynasida xarid qilishga tayyor, deb yozadi ispan OAV.
O'tgan mavsumda "Milan" bilan Italiya chempioniga aylangan Rafael Leau jamoasi tarkibida 42ta o'yinda ishtirok etgan. Futbolchi 14 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oldinroq, Leau «Real» skautlarining «qalamiga» tushgani haqida xabar berilgandi. Portugaliyalikning transferi 70 million yevroga baholanmoqda, 23 yoshli hujumchining “rossoneri” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.