“SHaharliklar” ispaniyalikni qo'lga kiritishni kutishmoqda.
"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida Jeyms Makatini "Brayton"ga ijaraga berishga tayyor. Demak, “shaharliklar” qanot himoyachisi Mark Kukurella bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini oshirishga harakat qilishadi.
Avvalroq, Kukurella uchun “Man Siti”dan tashqari “Tottenxem” va “Chelsi” ham davogarlik qilayotgani xabar qilingandi. "Brayton" o'z himoyasi yetakchisi uchun taxminan 40 million evro olishi kutilmoqda.
Jeyms MakAti o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushdi, jumladan, Chempionlar ligasi va Premer-ligada ikkita o'yin. Futbolchi 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.