Ramziy jamoada “Liverpul” futbolchilari ustunlik qiladi.
Professional futbol assotsiatsiyasi o'zining rasmiy Twitter sahifasida Angliya premer-ligasida o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra ramziy terma jamoani taqdim etdi.
Ramziy jamoa ro'yxatiga "Liverpul"ning 6 nafar vakili kiritilgan. Yana uch nafari APL chempioni – “Manchester Siti” sharafini himoya qiladi.
Darvozabon: Alison Bekker (“Liverpul”).
Himoyachilar: Joau Kanselu (“Manchester Siti”), Virjil van Deyk (“Liverpul”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”), Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”).
Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Tiago Alkantara (“Liverpul”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”).
Hujumchilar: Muhammad Saloh (“Liverpul”), Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”), Sadio Mane (“Liverpul”).
Avvalroq Saloh APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, Foden esa Angliya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgani haqida xabar berilgandi.