Oldinroq braziliyalik hujumchiga "Arsenal" va "Chelsi" da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus klub qarorgohini yozgi transfer oynasiga o'zgartiradi, ammo Angliya Premer-ligasida qoladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchi "shaharliklar"ni albatta tark etadi, ammo yaqinda davogarlar ro'yxatiga qo'shilgan "Real"ga o'tmaydi.
Gabriel Jezus faoliyatini ikki London klubi: "Arsenal" va "Chelsi" da'vogarlik qilayotgan Premer-ligada davom ettiradi.
Matbuotdagi so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, har ikki klub Jezus borasida "Manchester Siti"ga rasmiy takliflar bilan chiqishgan. Ushbu transfer haqida keyinroq ma'lum bo'ladi.
Shuningdek, Angliyaning amaldagi chempioni Jezusning sotuvidan 51 million funt sterlingdan (60 million yevro) ko‘proq pul yig‘ishni istashi, biroq u biroz moliyaviy yon berishlari mumkinligi ma’lum qilingandi.