Uelslik o'zining potentsial o'tishini kulgili deb biladi.
"Xetafe" prezidenti Anxel Torres Beyl bilan potentsial transferni muhokama qilayotganini aytdi.
Biroq uelslik vinger kamtarona ispan klubiga o‘tish mumkinligi haqidagi savoldan keyin kulib yubordi.
32 yoshli futbolchi: "Men "Xetafe"ga bormayman, bu aniq", - dedi.
O'tgan mavsumda Beyl "Real" tarkibida atigi beshta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Madridliklar allaqachon futbolchi bilan xayrlashgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Beylning agenti "Xetafe" haqidagi transfer mish-mishlariga kulgan edi.