Hujumchi London klublarini ko'rmoqchi.
Jovanni Simeone yozgi transfer oynasida Italiya chempionatini Angliya Premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Arsenal" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda, deb yozadi ispan OAVlari.
Manbaning ta'kidlashicha, forvard ijara asosida to'p surayotgan "Hellas Verona" argentinalik futbolchining transferini "Kalyari"dan sotib olmoqchi. Kelishuv yakunlangach, Verona Simeoneni xorij klublariga sotishni kutmoqda.
Jovanni o‘tgan mavsumda jamoasi safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 17 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirdi.