Braziliyalik uchun tanlov qilish oson bo'lmadi.
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino Britaniya klublari saviyasiga baho berdi. Forvard o'z fikricha, Angliya premer-ligasidagi eng yaxshi jamoalardan birini nomladi.
“(Faqat bitta jamoani tanlash) qiyin, ular juda ko'p. Menga juda ko'p klublarning ko'plab futbolchilari yoqadi,
Faqat bittasini tanlash qiyin. O'ylaymanki, har bir klubda men tomosha qilishdan zavqlanadigan ajoyib o'yinchi bor, lekin men ko'rayotganim shundaki, "Liverpul"ning hujumkor o'yinchilari haqiqatan ham e'tiborimni tortadigan o'yinchilar", dedi Ronaldino JOEga.