Forest futbolchini shu yozda sotib olishni rejalashtirgan.
"Arsenal" yarim himoyachisi Eynsli Meytlend-Naylz keyingi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. "Nottingem Forest" futbolchini o'z safida ko'rmoqchi. Angliyalik futbolchi o'tgan mavsumni "Roma"da ijara asosida o'tkazdi.
Futbolchining transferi 10 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Eynsli Meytlend-Naylz o‘tgan mavsumda rimliklar safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi. 24 yoshli ingliz futbolchisi bitta golli uzatmani amalga oshirdi.