"Kanonirlar"ning ko'zlari "Latsio"dan kelgan serbga qaratilgan.
Londonning “Arsenal” klubi navbatdagi transfer oynasida Rimning “Latsio” klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni taklif qilishi mumkin. "Kanonirlar" futbolchini sotib olish uchun 42 million funt sterlingdan xayrlashishga tayyor.
Oldinroq, Milinkovich-Savich boshqa bir qator ingliz klublari ham manfaatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi. Xususan, mish-mishlar futbolchini "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" bilan bog'lagan.
O'tgan mavsumda Milinkovich-Savich jamoasi safida 47 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. 27 yoshli serbning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi, futbolchining transferi 70 million yevroga baholanmoqda.