Braziliyalik futbolchi "Man Siti"ni tark etishi mumkin.
«Manchester Siti»ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus «Milan» qiziqish doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
25 yoshli forvard o‘tgan mavsumda jamoasi safida 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi 13 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jezusning transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Avvalroq braziliyalik Londonning "Arsenal" jamoasining short-listiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.