Aurelien o'z faoliyatida yangi sahifa ochadi.
Yarim himoyachi Aurelien Chuameni "Real" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda qirollik klubi matbuot xizmati xabar berdi. Transfer rasmiy.
“Monako” Chuamenining transferidan jami 100 million yevro ishlab oladi. 80 million monegasklar bir nechta moliyaviy transhlar orqali, yana 20 millioni esa turli bonuslar shaklida oladi.
Aurelien shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. U eng istiqbolli fransuz yarim himoyachilaridan biri sanaladi.