Goal24.uz » O'zbekiston » Osiyo Kubogi—2023 yo‘lida. O‘zbekiston Maldiv orollari ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi, Eldor Shomurodovdan het-trik

Osiyo Kubogi—2023 yo‘lida. O‘zbekiston Maldiv orollari ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi, Eldor Shomurodovdan het-trik

Автор: admin


Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi 11-iyun, shanba kuni Maldiv orollari bilan bahs yuritdi.

Uchrashuv O‘zbekistonning tezkor hujumi bilan boshlandi. 2-daqiqada Eldor Shomurodov tezkor gol urib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida gol urilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham o‘zbekistonliklar ketma-ket hujumlar uyushtira boshladi. 51-daqiqada Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov dubl qayd etdi. 80-daqiqada Eldor raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib, uchrashuvdagi uchinchi golini urdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Oston O‘runov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
C guruhining ikkinchi o‘yinida Tailand Shri-Lanka ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston terma jamoasi 14-iyun kuni 3-tur doirasida Tailand bilan bahs olib boradi.
Osiyo Kubogi—2023 saralashi

2-tur bahslari
11-iyun, shanba

Maldiv orollari – O‘zbekiston 0:4


Gollar: 0:1 — 2 Eldor Shomurodov, 0:2 — 51 Eldor Shomurodov, 0:3 — 80 Eldor Shomurodov, 0:4 — 86 Oston O‘runov.Maldiv orollari: 22. Muhammad Faisal, 2. Samuh Ali, 3. Ahmad Numan, 4. Husayn Sifau Yusuf (20. Hassan Shifaz, 79), 7. Ali Fasir (19. Naiz Hassan, 53), 8. Aisam Ibrohim, 10. Hamza Muhammad (9. Abdulla Yamin, 79), 13. Akram Abdul G‘ani, 14. Haisham Hassan, 17. Ibrohim Mahudi (16. Hassan Raif Ahmad, 79), 23. Husayn Nihon (6. Muhammad Umair, 56).

O‘zbekiston: 12. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 18. Abdulla Abdullaev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 17. Doston Hamdamov (22.Oybek Bozorov, 46), 20. Azizbek Amonov (19. Azizbek Turg‘unboyev, 46), 10. Jaloliddin Masharipov (15. Oston O‘runov, 61), 14. Eldor Shomurodov (6. Sardor Sobirxo‘jayev, 82).

Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (30), Otabek Shukurov (48), Akram Abdul G‘ani (81).

Shri-Lanka – Tailand 0:2

Gollar: 0:1 — 34 Titipan Puangchan, 0:2 — 90+5 Chaovat Verachart.
201   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari