Goal24.uz » O'zbekiston » U-23 Osiyo Kubogi—2022. 2 ta penalti va 4 ta gol. 10 kishi qolgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi penaltilar seriyasida Iroqni yengib,1/2 finalga yo‘l oldi

U-23 Osiyo Kubogi—2022. 2 ta penalti va 4 ta gol. 10 kishi qolgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi penaltilar seriyasida Iroqni yengib,1/2 finalga yo‘l oldi

Автор: admin


Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining 1/4 finali doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 11-iyun, shanba kuni Iroq bilan bahs olib bordi.

Asabiy ruhda o‘tgan bahsning 19-daqiqasiga kelib, hisob ochildi. Abduvohid Ne’matov raqib futbolchisining provokatsion harakatlariga uchib, unga musht tushirdi. Natijada Ne’matovga qizil kartochka berildi, mezbonlar darvozasiga esa 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Penalti muvaffaqiyatli amalga oshirildi — 0:1.
Ushbu to‘xtalishlar uchun hakam birinchi bo‘limga 12 daqiqa qo‘shib berdi. 45+5-daqiqada Iroq darvozasiga ham penalti belgilandi. Penaltidan Jasur Jaloliddinov unumli foydalandi. 50-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib hujum tashkil qildi va mehmonlar o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. 68-daqiqaga kelib, Iroq muvozanatni tikladi — 2:2. Ushbu hisob uchrashuvning asosiy daqiqasi so‘ngigacha saqlanib turdi.

Shundan so‘ng qo‘shimcha daqiqalarga murojaat qilindi. Ekstra-taymlarda ham darvozalar ishg‘ol etilmadi. Penaltilar seriyasida 3:2 hisobida O‘zbekistonning qo‘li baland keldi.
Shu tariqa Timur Kapadze musobaqaning yarim finaliga yo‘llanma oldi. Jamoa 1/2 finalda Janubiy Koreya va Yaponiya uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Osiyo Kubogi—2023
1/4 final bahsi
11-iyun, shanba

O‘zbekiston U-23 — Iroq U-23 2:2

Gollar: 0:1 — 19 Ramazon Juma, 1:1 — 45+5 Jaloliddinov, 2:1 — 50 Ammar Alsavad (avtogol), 2:2 — 68 G‘olib Falih.

Penaltilar seriyasi — 3:2.
333   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari