Marko "Real"ni tark etishi mumkin.
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Arsenal"ga o'tishi mumkin. Futbolchining transferi bilan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta qiziqmoqda. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
London klubi vakillari futbolchining agenti bilan bog'lanib, bo'lajak transfer shartlarini muhokama qiladi. Oldinroq, shuningdek, Asensioga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" ham ko'z tikayotgani xabar qilingandi.
Asensio o'tgan mavsumda "Real" libosida 42 o'yinda maydonga tushdi. Ispaniyalik futbolchi 12 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli futbolchining shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va transfer 40 million yevroga baholanadi.