«Manchester Siti» himoyaning chap qanotini kuchaytirish niyatida.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoadan chap qanot himoyachisi uchun yangi futbolchi olishni istamoqda.
Relevo xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis "Brayton"dan Marko Kukurelloni jamoasida ko'rmoqchi.
Kukurelining “chayqalar” bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda u Premer-ligada 35 o'yin o'tkazdi: u bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Aleksandr Zinchenko «Manchester Siti»ni tark etishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.