Polshalik hujumchi hamon “Bavariya”ni tark etmoqchi.
Robert Levandovski keyingi mavsumda faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Bild xabariga ko'ra, agar polshalik hujumchi "Barselona"ga o'ta olmasa, uning ustuvor varianti "PSJ"dan transferni muhokama qilishga tayyor bo'ladi.
Joriy mavsumda 33 yoshli polyak 46 o‘yinda 50 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, polshalik hujumchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Levandovski o'rniga Keynni sotib olishga harakat qiladi.