Byankoneri Bundesliga futbolchisi bilan shartnoma imzoladimi?
Frankfurtlik "Ayntraxt"ning hujumkor yarim himoyachisi Filip Kostich "Yuventus" bilan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlarini kelishib oldi. Bu haqda Sky Germany manbasi xabar bermoqda.
Endi «Yuventus» «Ayntraxt» rahbariyati bilan Kostich uchun tovon puli miqdorini kelishib olishi kerak. Nemis klubi o'z futbolchisi uchun 20 million evro so'ramoqda.
Eslatib o'tamiz, Kostich 2021/2022 yilgi mavsumda "Ayntraxt"ga nafaqat Yevropa ligasida g'alaba qozonishga yordam bergan, balki turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida ham tan olingandi.