"Arsenal" himoyachisi Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Nufuzli manbaning ta'kidlashicha, "Milan" Pablo Mariga qiziqish bildirmoqda. Italiyaliklar himoyani kuchaytirishga astoydil intilmoqda.
Mari "Arsenal"ga tegishli, ammo o'tgan mavsumni "Udineze"da ijarada o'tkazdi. 28 yoshli futbolchining Londonda istiqboli yo'q.
Ispaniyalik futbolchining narxi taxminan 5 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.